2022-2023yil
February 5, 2023

Til - millat ko'zgusi

Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yiligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda “Til - millat ko'zgusi” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi. Adiblar xiyobonida o'tkazilgan tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etib, talaba-yoshlarning ijodiy chiqishlari va g'azalxonlik kechasiga ulanib ketdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning ma’naviyatini yuksalishida poydevor bo’lib xizmat qiladi.