Tilga etibor - elga etibor
"O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Tilga etibor - elga etibor" mavzusida Talabalar shaharchasida tadbir tashkildi. Tadbirda Temir yo'l transporti muhandisligi fakulteti tyutorlari Malika Abdullayeva, Nodira Raxmatullayeva, Feruza To‘rayeva, tarbiyachi pedagoglar Shoira Ziyomuxammedova, Oybek Suyunov, Muxtor Xurramov, Saodat Ro‘zimetova hamda yuzga yaqin talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida barcha talaba yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan kerakli javoblarni oldilar. Tadbir so‘ngida profilaktika inspektori Elmurod Karimov talabalarga odob-axloq qoidalari va talabalar turar joylarida yashash tartibi hamda salbiy illatlarning oqibatlari haqida tushuntirish berib o'tdi.