Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda
Kuni kecha Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchilari M.R.Saparova va G.G.Abdullayevalar PQ-2909, PQ-3151, PQ-3775 sonli qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Kogon tumani 1-umumta'lim maktabi bilan kafedra oʻrtasida hamkorlik shartnomasini tuzib keldilar. Shartnoma vazifalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etish uchun ingliz tili o’qituvchilari bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarni tuzish to’g’risida suhbat o’tkazdilar.
Suhbat davomida xorijiy tillarni o'qitishning eng samarali usullari, yangi metodologiyalar haqida fikr yuritildi. Yosh o’qituvchilarning faoliyat chog’ida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar tinglandi, muhokama qilindi, tegishli choralar va yechimlar aytib o’tildi.
Davra suhbati so’nggida maktab o’qituvchilari mamnun holda o’zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.