Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori A.A.Haydarov, kafedra katta o'qituvchisi Z.H.Usmonovalar maktablar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Jondor tumanidagi 25-IDUM bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yib kelmoqdalar va shuningdek, Ingliz tilshunosligi kafedrasi qoshidagi kafedra filiali faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilning 15-noyabrda ixtisoslashgan maktabning ingliz tili o'qituvchilari bilan " O'quv adabiyotlari yaratish", shuningdek, " Ilmiy tadqiqot faoliyati va maqola yozish imkoniyatlari" kabi mavzularda davra suhbati o'tkazildi. Shuningdek, kafedra professori A.Haydarov tomonidan Ingliz tilshunosligi kafedrasining "Tilning leksik-semantik tizimi, qiyosiy tipologik izlanishlar...
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Tursunov Mirzo Maxmudovich AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e'lon qilingan OPEN-2024 loyihasi doirasida grant sohibi bo'ldi. U 8 hafta davomida Arizona davlat universitetining "Professional development for teacher trainers" 64 soatlik onlayn kurslarida tahsil oldi. Kurs davomida kafedra dotsenti malakali xorijiy mutaxassislardan zamonaviy til o'qituvchilariga eng so'nggi metodologiya yuzasidan turli metod, texnologik, axborot informatsion vositalar yordamida malaka oshirishlarni qanday tashkil etish, turli platformalar yordamida ularning til va pedagogik bilimlari yuzasidan nazorat ishlarini olish, dars o'tishning o'ziga xos tamoyillarining nazariy hamda...
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta PhD o’qituvchisi Xayrullayeva Nodira Ne'matilloyevna filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3- bosqich 11-8ing-22 guruh talabalari bilan “Gapirish va tinglab tushunish...
Kuni kecha Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.M.Sharipov 11-2 FRA-22 guruh talabalari bilan "Ikkinchi chet tili (ingliz tili)" fanidan sayyor dars olib bordi. Dastlab talabalar kutubxona tarixi, undagi kitoblar va gazetalar, 100 yildan ortiq saqlanib kelinayatgan qo'lyozmalar haqida tanishtirildi. Bundan tashqari, sayyor dars jarayonida talabalar turli xil sohalarga oid fransuz yozuvchilari tomonidan yozilgan hikoya va asarlar bilan tanishdilar. Binoning birinchi qavatida joylashgan, yosh bolalar uchun mo'ljallangan o'qish zali ham diqqatga sazovordir. Ingliz tilshunosligi yo’nalishidagi kitoblar va darsliklar talabalarga ma'qul kelib, shu yo'nalishdagi kitoblar dars davomida samarali foydalanishi xususida suhbat olib...
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.N. Xayrullayeva tomonidan 2024-yil 12-noyabr kuni 11-8 ing-23 guruhi bilan O'qish va yozish fani O`qish modulidan "The Environment" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi atrof-muhit masalalari bilan bog‘liq murakkab matnlarni tahlil qilish va talqin qilish, tushunish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etish, paragraf ichida asosiy g‘oyalar va qo‘llab-quvvatlovchi tafsilotlarni aniqlash, atrof-muhit masalalarining jamiyat va iqtisodiyotga ta‘sirini tahlil qilish orqali haqiqiy real muhit...
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.O’.Ubaydullayeva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2 INGK 20 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar. Joriy haftada Buxoro shahridagi 32-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Nurmurodova Dilovar 6-"A" sinfi bilan "Family and Pets" mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars davomida amaliyotchi talabalar TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi. Shuningdek, ochiq dars va tadbirga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari M.O’.Ubaydullayeva, maktab...
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.O'.Ubaydullayeva Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1ingk 20 talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib bormoqa. Joriy haftada Buxoro shahar, Buxoro tuman 11-maktab, Jondor tuman 33-maktablarida Djurayeva Vazira, Barisova Navro'za, Jo'rayeva Niginalarning ochiq dars mashg'ulotlari tahlil qilinib, dars jarayonida dars samaradorligini va o'quvchilar foydalanilgan usullar haqida to'xtalib o’tildi. Darslar so'nggida maktab faolligini oshirish uchun tajribali pedagoglar ham o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.
Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.O'.Ubayullayeva Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi 11-1ingk 20 guruh talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib bormoqda. Joriy haftada Buxoro shahar Buxoro tuman 11-maktab, Jondor tuman 33-maktablarida Djurayeva Vazira, Barisova Navro'za, Jo'rayeva Niginalarning o`tgan ochiq dars mashg'ulotlari tahlil qilinib, dars jarayonida dars samaradorligini va o'quvchilar faolligini oshirish uchun foydalanilgan usullar haqida to'xtalib o’tildi. Darslar so'ngida kafedra o`qituvchisi M.O`. Ubaydullayeva hamda maktabning tajribali pedagoglari o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.
Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning 8-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi òqituvchisi G.F.Xayrullayeva tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi IV bosqich 11-6ing-21 talabalari bilan sayyor dars tashkil etildi. Yozish ko'nikmalari fanidan tashkil qilingan ushbu sayyor dars mashg'uloti Abu...
Joriy yilning 2024-yil 5-noyabr sanasida San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy bezak san'ati (turlari bo'yicha) 2-bosqich magistranti Nadirxanova Nilufar Alisherovna tomonidan 3-bino 105-xonada 12-1SAN(TAS)-23 guruhi talabalari bilan Zardo’zlik san’ati tarixi mavzusida ochiq amaliy mashg'uloti o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar 2 guruhga ajratildi.Noan'anaviy metodlardan foydalanildi.Darsda barcha talabalar faol ishtirok etdi.Kafedra professor- o‘qituvchilari o‘tkazilgan ochiq dars haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.