September 26, 2024

Pedagogik amaliyot- kasbiy mahoratning debochasi

2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 4-bosqich talabalari uchun 4 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-5 ing 21 va 11-6 ing 21-guruh talabalari amaliyot rahbari M.T.Elmanova boshchiligida o’zlari biriktirilgan ta’lim dargohlarida pedagogik amaliyotni MTB rahbarlari hamda amaliyot rahbarlari boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar.
Amaliyotchi talabalar pedagogik amaliyotning dastlabki haftasida turli fanlar bo’yicha dars jarayonlarini kuzatib, dars tahlillarini yozishdi. Joriy haftada amaliyotchi talabalar shaxsiy ish rejaga muvofiq mustaqil holda darslarni mazmunli va turli interfaol metodlar yordamida tashkillashtirmoqdalar. Darslar davomida talabalar universitetda egallagan nazariy bilimlarini amalda qo’llab, darslarni zamonaviy metodlar orqali o’tmoqdalar.