November 7, 2024

  O`zbekiston san`ati tarixi fanidan "Naqqoshlik san`ati" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

2024-yil 5-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy bezak san'ati yo'nalishi 2-bosqich magistranti Ergasheva Shohida tomonidan 12-1 TAS(SAN)-23 guruhi talabalari bilan O'zbekiston san'ati tarixi fanidan "Naqqoshlik san'ati" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan  ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga  doir  bo'lib, talabalar individual, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardi.Asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.Talabalar darsda faol ishtirok etdi hamda "A4","BBB","Yashil ruchka","Aqliy hujum" metodlarida o'z bilimlarini mustahkamladilar.