Ingliz tilshunosligi kafedrasida pedagogik amaliyot jarayonlari davom etmoqda
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.O’.Ubaydullayeva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2 INGK 20 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar. Joriy haftada Buxoro shahridagi 32-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Nurmurodova Dilovar 6-"A" sinfi bilan "Family and Pets" mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars davomida amaliyotchi talabalar TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi. Shuningdek, ochiq dars va tadbirga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari M.O’.Ubaydullayeva, maktab rahbariyati va fan o'qitivchilari dars jarayonini, amaliyotchi talabaning dars o'tish usulini kuzatishdi va dars so'nggida kuzatilgan dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.