November 2, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida
“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi
kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”da davra suhbati o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid
huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori va uning ilovasida keltirilgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom” talablarini tegishliligi bo‘yicha barcha kafedra professor-o‘qituvchilariga yetkazish maqsadida Ingliz tilshunosligi kafedrasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda kafedra mudiri Z.I.Rasulov Buxoro dаvlаt universiteti Rektorining “Universitetda shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan mas’ul xodimlarni ogohlantirish to‘g‘risida”gi 6-avgust 2024-yil 493-u sonli buyrug‘i, shuningdek, 31-dekabrdagi 829-son qaror mazmun-mohiyatini kafedra professor- o‘qituvchilariga tanishtirib o‘tdi.
Berilgan mavzu yuzasidan mas’ul X.Sh.Saidov so’zga chiqib, - quyidagilari aytib
o’tdi:
"1. Ushbu Nizom “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan
yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni
rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qarori
talablari ushbu Nizom bilan tartibga solinadigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korrupsiyaga oid
huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar — fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat
ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisi;
korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashish — korrupsiyaga oid
jinoyatlarni tergov qilish va uni fosh etishda ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar haqida
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish yoki bunday toifadagi jinoyatlarni
tergov qilish yoxud tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda bevosita ko‘maklashish;
korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar — O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 611, 1931 va 1932-moddalarida nazarda
tutilgan huquqbuzarliklar; korrupsiyaga oid jinoyatlar — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasining ikkinchi qismi “g” bandi, 168-moddasining uchinchi qismi “v” bandi, 1929 va 19210, 205, 209 — 214-moddalari, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va fosh etish bilan bog‘liq tezkor-qidiruv
tadbirlarini hamda protsessual harakatlarni amalga oshiruvchi organlar

— korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar

— O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. "

Davra suhbati qizg`in muzokaralarga boy bo`ldi.

`