Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi sayyor dars o`tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi F.S.Vaxidova tomonidan filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi II-bosqich 11-7ing-22 guruh talabalari bilan “O’qish va yozish ” fani bo’yicha bugungi amaliy mashg’ulotni (02.11.24) sayyor dars sifatida o’tkazildi. Sayyor dars mavzusi “Describing Places of sights”. Shaharning diqqatga sazovor bo’lgan Ko’kaldosh madrasasi, Labi Hauz ansambli va uning atrofida joylashgan binolar haqida tushunchalarga ega bo’lib yaqindan tanishdilar. F.S.Vaxidova binolarning tuzilishi, joylashuvi, ahamiyati haqida batafsil tushuntirib berdi. Tasvirlash jarayonida talabalar faol qatnashib mavzuga doir turli qiziqarli savol va javoblar bilan fikr almashdi.