October 29, 2024

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida  Ma`rifat soati munosabati bilan " Ming bir xazina" Har sahifada ming bir durdona" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Bugun Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Ma`rifat soati" munosabati bilan "Har sahifada ming durdona" mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatini kafedra a`zosi Phd, dotsent N.F. Qosimova ochib berdi. U o`z ma`rizasida: " Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uchun chuqur qayg‘urganlarni yaqin-yaqingacha bir narsa qiynab kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz o‘rtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning qadri tushib ketmoqda? Ne sababdan ayrimlar kitob o‘qiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda?" kabi kerakli ma`lumotni yetkazdi.

Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o‘z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan- Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi, ular ilmiy-ma'rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.