October 3, 2024

   Pedagogik amaliyot - kasbiy faoliyatning debochasi

Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori M.I.Gadoyeva  rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-6 ING-21 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar. Joriy haftada Buxoro viloyati Jondor tuman 2-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Rashidova Nilufarni 4-"A" sinfi bilan, 1-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Askarova Sarvinozni 5 -"E" sinf o'quvchilari bilan "Family Values " mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars davomida amaliyotchi talabalar TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi. Shuningdek, Rustamova Sevara hamda Ramazonova Maxliyo ham belgilangan maktablarda ochiq darslar o'tdilar. Darsda qo'llangan metodlar amaliyot rahbari tomonidan tekshirildi va tahlil qilindi.
G’ijduvon tumani 1-IDUM da amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Qudratova Sarvinoz ham "Festivals" nomli musobaqa tadbirni tashkil etdi. Ochiq dars va tadbirga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari M.I.Gadoyeva, maktab rahbariyati va fan o'qitivchilari dars jarayonini, amaliyotchi talabaning dars o'tish usulini kuzatishdi va dars so'nggida kuzatilgan talabalarning xato kamchiliklari tushuntirilib, ularga metodik tavsiyalar berildi.