Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Tursunov Mirzo Maxmudovich AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e`lon qilingan "OPEN-2024" loyihasi doirasida grant sohibi bo`ldi
BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Tursunov Mirzo Maxmudovich AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e'lon qilingan OPEN-2024 loyihasi doirasida grant sohibi bo'ldi. U 8 hafta davomida Arizona davlat universitetining "Professional development for teacher trainers" 64 soatlik onlayn kurslarida tahsil oldi. Kurs davomida kafedra dotsenti malakali xorijiy mutaxassislardan zamonaviy til o'qituvchilariga eng so'nggi metodologiya yuzasidan turli metod, texnologik, axborot informatsion vositalar yordamida malaka oshirishlarni qanday tashkil etish, turli platformalar yordamida ularning til va pedagogik bilimlari yuzasidan nazorat ishlarini olish, dars o'tishning o'ziga xos tamoyillarining nazariy hamda amaliy jihatlariga urg'u berish, bir so'z bilan aytganda zamonaviy chet tili o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini qanday tashkil etish bo'yicha muhim maslahatlarni oldi.
Istiqbollo rejalar qatorida Ingliz tilshunosligi kafedrasida olingan bilim va tajribalar yuzasidan treyning va mashg'ulotlar tashkil etish rejalashtirilyapti.