October 25, 2024
Hindiston, Haydarobodagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da “Communicative competence: definition, implementation and connection to teaching English” mavzusida ma’ruza o`tkazildi.
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Saidova Muxayyo Umedilloyevna Hindiston elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ITEC loyihasi sovrindori bo’lib, 2 oktyabrdan 30 oktyabrga qadar Hindistonning Haydarobod shahridagi QS ranking bo’yicha kuchli 1000 da 821 o’rinda turuvchi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da stajirovka o’tab kelyapti. 15 oktyabrda “Communicative competence: definition, implementation and connection to teaching English” mavzusida ma’ruza o'tkazildi. Ma’ruza juda qiziqarli Nearpod platformasi orqali olib borildi va talabalar tomonidan yaxshi qabul qilindi.