October 25, 2024

Hindiston, Haydarobodagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da “Evaluating co-production for EAP teacher training course development connection to teaching English” mavzusida ma’ruza o`tkazildi.

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Yunusova Aziza Axmedjanovna Hindiston elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ITEC loyihasi sovrindori bo’lib, 2 oktyabrdan 29 oktyabrga qadar Hindistonning Haydarobod shahridagi QS ranking bo’yicha kuchli 1000 da 821 o’rinda turuvchi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da stajirovka o’tab kelyapti. 25 oktyabrda A.A.Yunusova tomonidan shu universitetda “Evaluating co-production for EAP teacher training course development connection to teaching English” mavzusida ma’ruza o'tkazildi. Ma’ruza juda qiziqarli bahs-munozara va savol-javob tarzida olib borildi va talabalar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilindi.