November 16, 2024

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi sayyor dars tashkil etildi

​ Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta PhD o’qituvchisi Xayrullayeva Nodira Ne'matilloyevna filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3- bosqich 11-8ing-22 guruh talabalari bilan “Gapirish va tinglab tushunish ko`nikmalari” fani bo’yicha amaliy mashg’ulotni 15.11.24 kunda sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi “Describing Historical Places of Bukhara”. Shaharning diqqatga sazovor bo'lgan Mir arab madrasasi va uning atrofida joylashgan binolar haqida tushunchalarga ega bo’lib yaqindan tanishdilar. Xayrullayeva Nodira Ne'matilloyevna binolarning tuzilishi, joylashuvi, ahamiyati haqida batafsil tushuntirib berdi. Tasvirlash jarayonida talabalar faol qatnashib mavzuga doir turli qiziqarli savol va javoblar bilan fikr almashdi.