Talabalar turar joyiga tashrif
Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professor oʼqituvchilari M.Sulaymonova N.Avliyaqulova hamda D.Badiyeva tomonidan talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarni muammolarini o'rganish uchun keng doirada suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida qizlar o’z turar joylaridagi sharoitlaridan mamnun ekanliklari aytib o’tildi. Jarayon davomida qizlarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsum to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berildi. Oʼrganishlar davomida talabalarga xonasini ozodaligiga alohida eʼtibor qaratishlari, gigiyenik qoidalariga amal qilishlari zarurligi alohida taʼkidlab oʼtildi. Talabalarning yashash sharoitlaridagi kamchilik va muammolar ham oʼrganilib, bartaraf etish choralari koʼrib chiqildi.