October 17

Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" doirasida   “Zamonaviy texnologiyalarning mustaqil ta`limdagi o`rni” mavzusida davra suhbati o`tkazildi

2024 yilning 16 oktyabr kuni BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti Z.B.Djalilova TTJda "Kafedra kunlari" doirasida Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida “Zamonaviy texnologiyalarning mustaqil ta'limdagi o'rni” deb nomlangan davra suhbati o’tkazdi. Tadbirda mas’ul kafedra o’qituvchisi Z.B.Djalilova O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha  2019-yil 19-mart kuni ilgari surgan 5ta muhim tashabbusining   3-yo`nalishi  aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishning mazmun mohiyatini ochib berdi. Talabalar tadbirda o‘zlarining fikrlarini erkin bayon etishdi, shuningdek bahs-munozaralarda faol ishtirok etib tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar.
     Tadbir  mazmunli, qiziqarli ma'lumotlarga boy va  ko’tarinki ruhda  o’tkazildi.