September 26, 2024

Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari qizg`in davom etmoqda

Maktab va oliy ta'lim muassasasi hamkorligi ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlaydi. Davlatimiz rahbarining “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ta'lim sohasidagi keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga ko'tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini ri­vojlantirish, ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ingliz tilshunosigi kafedrasi o’qituvchilari f.f.f.d.(PhD) Z.X.Saidova hamda f.f.f.d.(PhD), N.Z.Ruziyevalar Buxoro tumani 23-umumiy o'rta maktabga tashrif buyurdilar va ingliz tili o'qituvchilari bilan uchrashdilar. Maktab direktori bilan 2024-2025 o’quv yilida Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi va har oyning 25-sanasida maktabga tashrif buyurib, o'qituvchilar bilan trening mashg'ulotlari o'tkazilishi rejalashtirildi.