Pedagogik amaliyot- mahorat maktabi
Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi F.E.Yuldasheva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2 ING 21 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar. Joriy haftada Buxoro shahridagi 31-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Yuldosheva Nigina 3-A sinfi bilan, 19-umumta'lim maktabida ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Ibragimova Shaxnoza 5 - E sinf o'quvchilari bilan "Family and Pets" mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars davomida amaliyotchi talabalar TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi. Shuningdek, Ashrapova Ferangiz, Jumayeva Maftunabonu, Sharifova Maxsumabegim, Rahmonova Shaxrinoz, Saidova Barchinoy, O'ktamova Barchinoylar ham belgilangan maktablarda ochiq darslar o'tdilar.
Kogon shahridagi 5-IDUM da amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Bekmurodova Marjona "Spelling bee" nomli musobaqa tadbirni tashkil etdi. Ochiq dars va tadbirga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari F.E.Yuldasheva, maktab rahbariyati va fan o'qitivchilari dars jarayonini, amaliyotchi talabaning dars o'tish usulini kuzatishdi va dars so'nggida kuzatilgan dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.