October 22, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi  professori A.A.Haydarov tomonidan ochiq ma’ruza o’tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori A.A.Haydarov tomonidan 11-1,2,3,4 ing-22 guruh talabalari bilan “Zamonaviy chet tili o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.
2024-yil 9-oktabr kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori Haydarov Anvar Askarovich tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi III bosqich 11-1,2,3,4 ing-22 guruh talabalari ishtirokida Tillar o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari fanidan “Zamonaviy chet tili o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi. Dars mashg’uloti davomida turli xil interfaol metodlardan (Aqliy hujum, Blits-so’rov), guruh bo’lib ishlash texnologiyalaridan, talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantishga doir turli-tuman mashqlardan unumli foydalanildi. Ma’ruza davomida barcha talabalarning faolligi kuzatildi. Ochiq ma’ruza U.S.Toirova, N.Z.Ruziyeva, N.X.Navruzova va G.F.Xayrullayevalar kabi kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tahlil qilinib, o’z fikr-mulohazalarini va takliflarini aytishdi.