November 5, 2024

 O‘rta asrlar sharqiy va g‘arbiy yevropa san’ati tarixi fanidan noan’anaviy tarzda sayyor dars tashkil etildi.

4- noyabr kuni dars jadvali bo‘yicha soat 1-2-juftlikda 12-1San(TAS)-23 guruhida O‘rta asrlar sharqiy va g‘arbiy yevropa san’ati tarixi fanidan noan’anaviy tarzda sayyor dars tashkil etildi. dars davomida talabalarga mavzu yuzasidan ma'lumotlar berib borildi; Azaldan G‘arb bilan Sharqni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lining muhim
chorrahasida joylashgan Buxoro boy va shonli tarixga ega. Buxoroning tarixiy
obidalari uning buyukligidan guvohlik beradi. Bu shaharning har bir go‘shasi boy
tarixga ega bo‘lib, minoralari, osori-atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida
olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Buxoro o‘zining ko‘plab tarixiyme’moriy yodgorliklari bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Bu
qo‘hna shaharning har bir ko‘cha-yu xiyoboni, go‘shasida olis o‘tmishning akssadosi bor. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan minoralar inson aql-zakovatini namoyish qiladi.
Buxoro Sharq-u G‘arbda ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor
ko‘zgusi, degan faxrli nom olgan. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiyme’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, u azaldan islom olamida
yuksak nufuzga ega bo‘lgan.
Buxoroi Sharifda qadimiy obidalar benihoya ko‘p. Ularning har biri qadrli.
Har biridan moziy nafasi kelib turganday bo‘ladi. Har biri ajdodlarimizning qanday
insonlar bo‘lganliginining tilsiz guvohidek tuyuladi.Aslida ham shunday. O‘zbek
xalqining tarixi yozma manbalar bilan bir qatorda osori-atiqalarimizda ham
muhrlanib qolgan. Kitoblar o‘qiladigan dalillar bo‘lsa, yodgorliklar ko‘riladigan
dalillardir. Osori-atiqalar tarixini bilish ham o‘tmishimiz haqidagi
taassurotlarimizni boyitadi va aniqlashtiradi. Xalqni tarixiy, moddiy va madaniy
merosni o‘rganish bilan tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir kattakichik yodgorlik o‘zbek xalqi tarixidagi muhim bir voqea yoki sana bilan bog‘liq,
yoki bo‘lmasa davlat ahamiyatiga molik biror zarurat tufayli bunyod etilgan.
Buxorodagi me’moriy obidalarda ajdodlarimizning yuksak aql-zakovati o‘z
ifodasini topgan. Shahar markazidagi Chor Minor ansambli Sharqda yagona
hisoblanadi. Xo‘ja Zayniddin, Baland masjidlari, Mir Arab madrasasi yuksak
muhandislik, g‘aroyib san’at va tengsiz go‘zallik namunalaridir.Sayyor dars davomida talabalar Buxoroning madaniy merosidan bahramand bo ‘lishdi va o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi.