Pedagogik amaliyot davri qizg`in o`tmoqda
BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 4-kurs 11-4ING-21 guruh talabalari pedagogik amaliyotda
2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 4-bosqich talabalari uchun 4 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-4ING-21-guruh talabalari ham o’zlariga biriktirilgan maktablarda pedagogik amaliyotni MTB rahbarlari hamda amaliyot rahbari N.X.Navruzova boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar.
Amaliyotchi talabalar dastavval darslarni kuzatib, tahlillar olib borishdi. Endilikda esa o'zlari amaliyot va MTB rahbari nazoratida dars mazmunnomalarini yaratib, darslar o'tmoqdalar. Amaliyotchi talabalar turli interfaol va innovativ metodlar yordamida darslarni tashkillashtirishni maqsad qilishgan. Darslar mazmunli tashkil etilmoqda.