November 12, 2024
 Pedagogik amaliyot- kasbiy mahoratning debochasi
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.O'.Ubaydullayeva Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1ingk 20 talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib bormoqa. Joriy haftada Buxoro shahar, Buxoro tuman 11-maktab, Jondor tuman 33-maktablarida Djurayeva Vazira, Barisova Navro'za, Jo'rayeva Niginalarning ochiq dars mashg'ulotlari tahlil qilinib, dars jarayonida dars samaradorligini va o'quvchilar foydalanilgan usullar haqida to'xtalib o’tildi. Darslar so'nggida maktab faolligini oshirish uchun tajribali pedagoglar ham o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.