Ingliz tilshunosligi kafedrasida O`qish va yozish amaliyoti fanining O`qish modulidan "Food. Healthy and unhealthy food.Healthy eating" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
2024 yil 31 oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD S.H.Axmedova tomonidan 11-4 ing-24 guruhi bilan O'qish va yozish amaliyoti fanining O'qish modulidan "Food. Healthy and unhealthy food.Healthy eating" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar individual, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsda o'qish modulining strategiyalariga amal qilindi va o`qish ko'nikmalarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratildi. Asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, Britaniya Kengashi vakili Z.R.Abdujabborova, Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o`qituvchilari PhD. N.D.Djumayeva, PhD. Z.X.Saidova, PhD. N.Z.Ruziyeva, PhD. S.N.Ostonova, katta o`qituvchi F.E.Yuldashevalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.