September 25, 2024

Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktab bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 24 -sentabrida Ingliz tilshunosigi kafedrasi o’qituvchilari f.f.f.d.(PhD) F.S.Vaxidova hamda f.f.f.d.(PhD),dots Z.B.Djalilovalar Romitan tuman 1-IDUMga tashrif buyurib, maktabning ingliz tili fani o’qituvchilari bilan uchrashishdi. Maktab direktori Sh.A.Musoyeva bilan 2024-2025 o’quv yilida Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan F.S.Vahidova o’rta maxsus maktablarda o’quv jarayonini tashkil etishda zarur bo’lgan ta’lim hujjatlari yillik reja, dars rejasi hamda darslikning ahamiyati haqida so’z yuritdilar. Z.B.Djalilova chet til o’rganuvchilarida dasturda ko’zlangan lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik til kompetensiyalarini rivojlantirishda darslik materiallarini to’g’ri tadbiq etish muhimligini ta’kidlashdi.