September 28, 2024

Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchilari rahbarligida o`tayotgan pedagogik amaliyot ochiq darslarga boy bo’lmoqda

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi G.G. Abdullayeva Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishi 4-kurs 11-1ing-21 guruh talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib boryapti.
Buxoro viloyati umumta'lim maktablarida pedagogik amaliyotni o’tayotgan talabalarimiz darsda qo'llaniladigan interfaol metodlarni o'rganish maqsadida ingliz tili fani o'qituvchilarining darslariga kirib bilim, ko’nikma va malakalarni oshirishyapti.
Joriy haftada Buxoro shahar 40-maktab, Romitan tumani 37-maktab, Kogon shahar 4-maktab, G’ijduvon tumanidagi 67-maktablarda amaliyot o’tayotgan Burxonjonova Aziza, Nusratova Ferangiz, Baqoyeva Shaxina va Yo’ldosheva Dilnuralarning ochiq darslari tahlil qilinib, dars jarayonida dars samaradorligini va o'quvchilar faolligini oshirish uchun foydalanilgan usullar haqida to'xtalib o’tildi. Dars tahlili muhokamasidan so'ng malakaviy amaliyot davrida yuritilgan hujjatlar tekshirilib, talabalarga metodik tavsiyalar berildi.