November 14, 2024

         BuxDU Xorijiy tillar fakulteti           Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.M.Sharipov tomonidan sayyor dars tashkil etildi


Kuni kecha Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi M.M.Sharipov 11-2 FRA-22 guruh talabalari bilan "Ikkinchi chet tili (ingliz tili)" fanidan sayyor dars olib bordi. Dastlab talabalar kutubxona tarixi, undagi kitoblar va gazetalar, 100 yildan ortiq saqlanib kelinayatgan qo'lyozmalar haqida tanishtirildi. Bundan tashqari, sayyor dars jarayonida talabalar turli xil sohalarga oid fransuz yozuvchilari tomonidan yozilgan hikoya va asarlar bilan tanishdilar. Binoning birinchi qavatida joylashgan, yosh bolalar uchun mo'ljallangan o'qish zali ham diqqatga sazovordir. Ingliz tilshunosligi yo’nalishidagi kitoblar va darsliklar talabalarga ma'qul kelib, shu yo'nalishdagi kitoblar dars davomida samarali foydalanishi xususida suhbat olib borildi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil etishning besh muhim tashabbus”laridan biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish” maqsadida o'tkazilgan sayyor dars talabalarda katta taassurot va qiziqish uyg'otdi. Sayyor dars yakunida talabalarning aksari kutubxonaga a'zo bo'lib, undan foydalanish huquqiga ega bo'lishdi.