October 2, 2024

   Ingliz tilshunosligi kafedrasida pedagogik amaliyot davrining oxirgi haftasi ham samarali o`tmoqda

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi G.G.Abdullayeva Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishi 4-kurs 11-1ing-21 guruh talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib boryapti.
Buxoro viloyatining turli maktablarida pedagogik amaliyotni o’tayotgan talabalarimiz darsda qo'llaniladigan interfaol metodlarni o'rganish maqsadida ingliz tili fani o'qituvchilarining darslarini tahlil qilib hamda o’zlariga biriktirilgan sinflarda ochiq dars mashg’ulotlar o’tib, bilim, ko’nikma va malakalarni oshirishyapti.

Vobkent tumanining 2- son maktabida amaliyot o'tayotgan talaba Abdurahimova Charosning 6 "A"- sinf o'quvchilari bilan "Comparatives and superlatives" mavzusidagi hamda shu tumanning 36-maktabida amaliyotchi talaba Yarasheva Marjonaning 5-sinf o'quvchilari bilan "Family and pets" mavzusidagi ochiq dars mashg'ulotlari yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda olib borildi. Darsda turli interfaol usullarning ishlatilishi o'quvchilarning darsga qiziqishlarini yanada oshirdi.

Ochiq dars so'nggida mashg'ulotni tahlil qilgan amaliyot rahbari G.G. Abdullayeva va maktabning tajribali o'qituvchilari o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.