September 25, 2024

Pedagogik amaliyot davridan lavhalar


2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) Kechki 5-bosqich talabalari uchun 15 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-1-ingk 20-guruh talabalari amaliyot rahbari M.O’. Ubaydullayeva boshchiligida o’zlari biriktirilgan ta’lim dargohlarida pedagogik amaliyotni MTB rahbarlari hamda amaliyot rahbarlari boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar.
Amaliyotchi talabalar darslarning mazmunli va turli interfaol metodlar yordamida tashkillashtirishni maqsad qilishgan. Darslar qiziqarli tashkil etilmoqda.