Maktablar bilan hamkorlik –ilmiy va uslubiy rivoj debochasidir.
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi professori A.A.Haydarov, kafedra katta o'qituvchisi Z.H.Usmonovalar maktablar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Jondor tumanidagi 25-IDUM bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yib kelmoqdalar va shuningdek, Ingliz tilshunosligi kafedrasi qoshidagi kafedra filiali faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilning 15-noyabrda ixtisoslashgan maktabning ingliz tili o'qituvchilari bilan " O'quv adabiyotlari yaratish", shuningdek, " Ilmiy tadqiqot faoliyati va maqola yozish imkoniyatlari" kabi mavzularda davra suhbati o'tkazildi.
Shuningdek, kafedra professori A.Haydarov tomonidan Ingliz tilshunosligi kafedrasining "Tilning leksik-semantik tizimi, qiyosiy tipologik izlanishlar va adabiyotshunoslik muammolari" nomli XV to'plami maktab ma'muriyatiga taqdim etildi.
Bundan tashqari maktabdagi yosh o’qituvchilarning faoliyat chog’ida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar tinglandi, kafedra o'qituvchilari tomonidan muhokama qilindi va bu borada tegishli choralar va yechimlar aytib o’tildi, tavsiyalar taqdim etildi.
Maktab o'qituvchilarini ilmiy tadqiqot olib borishga jalb qilish, o'quv adabiyotlarini yaratish bo'yicha trening o'tkazildi.
Uchrashuv so’nggida maktab o’qituvchilari mamnun holda o’zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.