Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi G.G. Abdullayeva Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishi 11-1ing-21 guruh talabalarining pedagogik amaliyotiga rahbarlik faoliyatini olib bormoqda
Buxoro viloyati va Surxondaryo viloyati umumta'lim maktablarida pedagogik amaliyotni o’tayotgan talabalar darsda interfaol usullarni qo'llab maktab o'quvchilari uchun samarali dars mashg'ulotlarini tashkil etyaptilar.
Joriy haftada Buxoro shahar 20- va 22-maktab, Peshko' tumani 3-maktab, Sariosiyo tumani 81-maktab, G’ijduvon tumanidagi 57-maktablarda amaliyot o’tayotgan Shabanov Murod, Rahimova Madina, Yahyoyeva Gulandom, Nuraliyeva Rushana va Xolmurodova Firuzalarning ochiq dars mashg'ulotlari tahlil qilinib, dars jarayonida dars samaradorligini va o'quvchilar faolligini oshirish uchun foydalanilgan usullar haqida to'xtalib o’tildi. Darslar so'nggida maktab tajribali pedagoglari ham o'z fikr mulohazalarini bildirdilar.
Vobkent tuman 36-maktabda amaliyot o'tayotgan talaba Yarasheva Marjona 5-, 6-, 8-sinf o'quvchilari hamda o'qituvchilar bilan birgalikda " Ustoz otangdek ulug', Ustoz qadami qutlug' " mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda mazmunli o'tdi.