October 3, 2024

  Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabalari pedagogik amaliyotning so`nggi haftasida 

2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 4-bosqich talabalari uchun 4 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-8-ing 21-guruh talabalari Hamroyeva Iroda Zarafshon shahar 13-maktab, Xolova Marjona va Nasriddinova Maftuna Kogon tuman 11-maktablarda ya'ni o’zlariga biriktirilgan ta’lim dargohlarida pedagogik amaliyot rahbari N.A.Nazarova boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar.
Amaliyotchi talabalar joriy haftada amaliyotning so'nggi haftasini boshlashdi, ushbu haftada ochiq darslar hamda ma'naviy tadbirlar o'tkazish rejalashtirilgan, talabalar darslarning mazmunli va turli interfaol metodlar yordamida tashkillashtirishni maqsad qilishgan bo'lib turli metodlarni qo'llashni amalda tadbiq qilish borasida MTB rahbarlaridan, uslubshunos o'qituvchilardan ilmiy maslahatlar olishmoqda.