September 27, 2024

Pedagogik amaliyot - tajriba maktabi


Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi G.G. Abdullayeva Buxoro shahar va tumanlarda pedagogik amaliyot o'tayotgan 11-1ING-21 guruh talabalarining faoliyati bilan muntazam tanishib kelyapti. 
Dastlabki haftalar davomida amaliyotchilar maktab yig’ingohida bo’lib o’tgan tadbirda ularga biriktirilgan sinf o’quvchilari va o’qituvchilari bilan birga qatnashishdi. Talabalarning maktabdagi faoliyati bilan kundalik tarzda tanishib borilmoqda. Pedagogik amaliyotdagi faoliyatlari kuzatib borilishi bilan bir qatorda talabalarga metodik ko'rsatmalar va dars o'tishda o'qituvchi mahorati haqida ma'lumotlar berib borilyapti. Maktab ma'muriyati talabalarning pedagogik amaliyot davridagi faol ishtirokidan minnatdor ekanliklarini ta'kidlashmoqda.