October 31, 2024

    Ingliz tilshunosligi kafedrasida O`qish va yozish amaliyoti fanining O`qish modulidan "Food. Healthy and unhealthy food.Healthy eating" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

2024-yil 31-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti  Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD S.H.Axmedova tomonidan 11-4 ING-24 guruhi bilan O'qish va yozish amaliyoti fanining O'qish modulidan "Food. Healthy and unhealthy food.Healthy eating " mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan  ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga  doir  bo'lib, talabalar individual, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsda  o'qish strategiyalariga amal qilindi va o'qish ko'nikmasini yaxshilashga alohida e'tibor qaratildi. Asosiy materiallar va mashqlar talabalarning tanqidiy va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, Britaniya Kengashi vakili Z.R.Abdujabborova, Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari PhD. N.D.Djumayeva, PhD Z.X.Saidova, PhD. N.Z.Ruziyeva, PhD. S.N.Ostonova, katta o'qituvchi F.E.Yuldashevalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.