October 22, 2024

Buxoro davlat universiteti San‘atshunoslik va pedagogika fakulteti  2-bosqich magistrantlari hamda Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba qizlar istirokida "Ona-tilim jonu dilim” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.Shundan so’ng tadbirni ochib berish uchun fakultet dekani S.S.Azimov so`zga chiqdi: Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — “Til bayrami” haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.
Tadbir davomida Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba qizlar tomonidan buyuk shoirlarning O’zbek tili haqidagi she’rlaridan parchalar aytildi,dutorchi qizlarimiz tomonidan “Hayoli qizlar” kuyi ,sahna ko’rinishlari hamda raqslarni ijro etib,tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi.