November 11, 2024

Navbatdagi sayyor dars tashkil etildi

Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning 8-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi òqituvchisi G.F.Xayrullayeva tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi IV bosqich 11-6ing-21 talabalari bilan sayyor dars tashkil etildi. Yozish ko'nikmalari fanidan tashkil qilingan ushbu sayyor dars mashg'uloti Abu Ali ibn Sino nomidagi Milliy kutubxonada tashkil etildi. Sayyor dars davomida talabalar o'zbek va ingliz asarlarida badiiy, ilmiy va akademik asarlar bo'yicha yozish usullari tahlil qilindi. Kutubxondagi axborot resurlaridan elektron shaklda qanday kitoblardan foydalanish kutubxona xodimlari tomonidan ko'rsatildi. Xulosa qilib aytganda, til ta'limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekani shubhasiz. Til mutaxasislari davlatimiz tomonidan til o’rgatishga qaratilayotgan katta e'tibor va rag'batdan ruhlangan holda, asosiy ezgu maqsad — yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shmog'i lozim.