October 17

 Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" munosabati bilan "Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik" mavzusida davra suhbati o`tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.      
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.X.Navruzova boshchiligida TTJda “Kafedra kunlari” doirasida 16-oktabr kuni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishni o‘z ichiga olgan birinchi tashabbus bo`yicha “Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida millatimiz faxri bo'lgan buyuk ajdodlarimiz, ulug' zotlar - Sohibqiron Amir Temur, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur, Abdulla Qodiriy va boshqa allomalarimizning Vatanimiz rivojiga qo'shgan hissasi haqida alohida to'xtalib o'tildi, 11-3INGK-24 guruh talabalari Alisher Navoiy qalamiga mansub g'azallardan aytishdi. Davra suhbati ko'tarinki ruhda o'tdi.