September 27, 2024

Ingliz tilshunosligi kafedrasida pedagogik amaliyot davri qizg`in o`tmoqda

BuxDu Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.A.Nazarova rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-8 ing 21 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar.2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 4-bosqich talabalari uchun 4 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11- 8 ING-21-guruh talabalari ham o’zlariga biriktirilgan maktablarda pedagogik amaliyotni o’qituvchi N.A.Nazarova boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar. Bugun Buxoro shahridagi 26 va 2-maktablarda ped amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talabalar Boltayeva Ozoda "Sport" mavzusida, Ismatullayev Javohir 7- sinf o'quvchilari bilan "The history of computers" mavzusida ochiq dars tashkil etdilar. Mazkur ochiq dars davomida ular “BBB”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “O’ramli koptok”, ”Moychechak” metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatishdi. Ochiq darsga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari N.A.Nazarova, maktab rahbariyati va xorijiy tillar metod birlashma rahbarlari bilan dars jarayonini, amaliyotchi talabaning dars o'tish usulini kuzatishdi va dars so'nggida kuzatilgan dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.