October 1, 2024

USTOZLARGA YUKSAK  EHTIROM...

Bugun Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi bir guruh o'qituvchilari 1-oktabr - "Ustozlar va Murabbiylar kuni" munosabati bilan tabarruk ustozlar holidan xabar olishdi. Bayram arafasida tashkil qilingan bu uchrashuvlar manzilli yo'llar tomon dastlab professor S.S.Saidov ustozdan boshlanib, so'ngra dotsentlar B.T.Bobomurodova , Z.B.Toshev, R.X. Toshev va N.B.Baqoyev kabi qadrdon ustozlar tomon yetakladi.
Shogirdlar tashrifidan masrur yoshi ulugʻ ustozlar yana bir bor universitetdagi ibratli hayot yoʻllari haqida oʻrtoqlashdilar, bugun ular izidan borayotgan shogirdlari haqqiga duoga qoʻl ochishdi.
Ushbu tashkil qilingan uchrashuvlar ustozlarga nisbatan iliq mehrning ifodasi bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Uchrashuvlar so'ngida ustozlar o'zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bilidirishdi.