October 14

Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilar tomonidan o'tkazilgan mahorat darsi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi U.S.Toirova, Z.X. Shamamedovalar 1-son BMTI akademik litseyining Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilariga mahorat darsi o‘tib berdilar.

BuxDU o'qituvchilari maktab va akademik litseylar bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan U.S.Toirova va Z.X.Shamamedovalar "How to teach reading strategies?" mavzusida o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda litsey o‘qituvchilari hamda talabalariga eng kerakli maslahatlarini berib, mavzu yuzasidan turli xil savollarga javob berishdi. Ayniqsa, "activating, inferring, monitoring-clarifying, questioning, searching-selecting, summarizing, and visualizing-organizing" kabi strategiyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

Z.X.Shamamedova ingliz tili darslarida "Reading skills" ga doir mashqlarni bajarishdan oldin, har xil metodlardan foydalanishni tushuntirib, o'quvchilarning sifat ko’rsatkichlari hamda, ularning o`qishga bo’lgan qiziqishlari haqida so’z yuritdi. O’qishni rivojlantiruvchi omillardan bo’lgan metodlar, xususan "ask why you are reading, take notes, summarizing, read and repeat, ask meaningful question " kabilar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.