Ingliz tilshunosligi kafedrasida “ONA TILIM – G’URURIM, FAXRIM” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ezguliklari, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir.
Bugun 22- oktyabr kunida "Ma`naviyat soati" tadbirlari doirasida Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida “ONA TILIM – G’URURIM, FAXRIM” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi va kafedra professori A.A. Haydarovning shu mavzudagi ma’ruzasi tinglandi: " “Ona tilimiz –milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog’idir. Shunday ekan,unga munosib hurmat va ehtirom ko’rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir “ deb takidlaydilar muxtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev.
Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak."
Davra suhbati qiziqarli munozara shaklida olib borildi va kafedra professor-o’qituvchilari mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.