Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi PhD Nigora Ne’matilloyevna Xayrullayeva tomonidan navbatdagi ochiq dars mashg`uloti o`tkazildi
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.N. Xayrullayeva tomonidan 2024-yil 12-noyabr kuni 11-8 ing-23 guruhi bilan O'qish va yozish fani O`qish modulidan "The Environment" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Mashg'ulot uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, talabalar indivudial, juftlik va guruh bo'lib mashqlarni bajardilar. Darsning maqsadi atrof-muhit masalalari bilan bog‘liq murakkab matnlarni tahlil qilish va talqin qilish, tushunish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etish, paragraf ichida asosiy g‘oyalar va qo‘llab-quvvatlovchi tafsilotlarni aniqlash, atrof-muhit masalalarining jamiyat va iqtisodiyotga ta‘sirini tahlil qilish orqali haqiqiy real muhit o‘rtasida bog‘lanishlarni o‘rnatishni taqozo qiladi. Darsda atrof-muhit muammolari bo‘yicha tanlangan parchani tahlil qilish, lug‘at va muallifning maqsadini tushunish va o`qilgan matn yuzasidan xulosalar ifodalangan Mind Map yaratish strategiyalari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.
Ochiq dars oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. M.M.Raxmatova va f.f.f.d. F.S.Vaxidova, kafedra o'qituvchilari M.O'. Ubaydullayeva va S.O'.Barotova tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.