October 26, 2024

 Hindiston, Haydarobodagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da “Understanding the Polyphonic novel” mavzusida ma’ruza o`tkazildi.


Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Saparova Mohigul Ramazonovna ham Hindiston elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ITEC loyihasi sovrindori bo’lib, 2 oktyabrdan 29 oktyabrga qadar Hindistonning Haydarobod shahridagi QS ranking bo’yicha kuchli 1000 da 821 o’rinda turuvchi Ingliz va xorijiy tillar universiteti (EFLU) da stajirovka o’tab kelyapti. 25 oktyabrda M.R.Saparova tomonidan shu universitetda “Understanding the Polyphonic novel” mavzusida ma’ruza o'tkazildi. Ma’ruzada Polifonik romanning kelib chiqish tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari, hamda Ingliz va O’zbek Polifonik romanlaridan misollar keltirildi. Ma’ruza tinglovchi talabalar va ma’ruzachi o’rtasida qiziqarli savol-javoblar bilan yuqori kayfiyatda yakunlandi.