Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Kafedra kunlari" rejasiga muvofiq tadbirlar davom etmoqda
Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
Jamiyatimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. M.А.Shukurova TTJda 16-oktabr kuni “Kafedra kunlari” tadbirlari rejasiga muvofiq Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida “Biz sogʼlom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida talabalar turar joyida davra suhbati tashkil etdi. Davra suhbati davomida sogʼlom turmush tarziga rioya qilish boʼyicha maslahatlar berilib, sogʼlom ovqatlanish, gigiyena, yoshlarni sportga qiziqtirish kabi qiziqarli mavzularda suhbat va savol-javoblar tashkil etildi.
Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan boʼlib, talabalar turar joyida ushbu tashabbus ijrosi yuzasidan ko‘pgina sharoitlar yaratilgan. Talabalar shashka, shaxmat, tennis kabi sport turlarida oʼzaro bellashib, kuch sinashdi. Shu bilan birga, davra suhbati davomida talabalar sportga oid turli qiziqarli savollarga va jahon sportiga oid maʼlumotlar bilan tanishtirildi.