December 3, 2024

  BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz          tilshunosligi kafedrasi dotsenti                  M.A.Shukurova rahbarligida           11-11 ing-23 guruh talabalari bilan sayyor dars o’tkazildi

2024 yilning 3 dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.A.Shukurova rahbarligida 11-11 ing-23 guruh talabalari bilan sayyor dars o’tkazildi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.A.Shukurova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi II-bosqich 11-11 ing-23 guruh talabalari bilan O'qish va yozish amaliyoti fanidan “Informal e-mail writing. Second draft. Final version” mavzusida Buxoro yoshlar markazida sayyor dars tashkil etildi.
Fan o’qituvchisi xorijiy til ta’limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekanligi haqida gapirib berdi. Sayyor dars davomida talabalar bilan qizg’in savol-javob o’tkazildi.