June 26

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.O`. Ubaydullayeva tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi  11-13 ing 23 guruh talabalari bilan  Malakaviy amaliyotning aktiv jarayonlari tashkil etildi.

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi M.O'.Ubaydullayeva Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-13 ing 23 guruh talabalari bilan Buxoroning eski shahrida malakaviy amaliyotning aktiv jarayonlari tashkil etildi. Tarixiy binolar, Ark majmuasi hamda Buxoroning eski shahrida mazmunli malakaviy amaliyot mashg’uloti tashkil etildi. Fan o’qituvchisi M.O'.Ubaydullayeva ingliz tilida Buxoro shahrining diqqatga sazovor tarixiy qadamjolari haqida batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, talabalar Buxoroning eski shahriga sayohat qilish maqsadida tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarga mavzuga doir turli qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy til ta'limi sohasidagi islohotlar bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan muhim ekani shubhasiz. Til mutaxasislari davlatimiz tomonidan til o’rgatishga qaratilayotgan katta e'tibor va rag'batdan ruhlangan holda, asosiy ezgu maqsad — yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shmog'i lozim.