December 20, 2024

BuxDu Xorijiy tillar fakultet Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi N.X.Navruzova tomonidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.      

2024-yil 20-dekabr kuni Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Navruzova Nigina Xamidovna tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi II bosqich 11-1ING-23-guruh talabalari ishtirokida Og’zaki nutq amaliyoti fanidan “Environment” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi. Dars mashg’uloti davomida turli xil interfaol metodlardan (Brain walking, Entrance ticket, PQP), guruh va juft bo’lib ishlash texnologiyalaridan, talabalarning tinglab tushunish va gapirish ko’nikmalarini, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantishga doir turli-tuman mashqlardan unumli foydalanildi. Amaliy mashg’ulot davomida barcha talabalarning yuqori faolligi kuzatildi. Ochiq dars mashg’uloti dotsent (PhD) M.A.Shukurova, (PhD) N.N.Xayrullayeva va N.A.Nazarovalar tomonidan tahlil qilinib, o’z fikr-mulohazalarini va takliflarini aytishdi.