November 28, 2024

Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi f.f.f.d (PhD) Fatima Saidovna tomonidan oʻtkazilgan ochiq ma’ruza 


      Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d (PhD), Vaxidova Fatima Saidovna tomonidan 2024-yil 25- noyabr  kuni 11-1TNA-21 guruhi bilan Nazariy grammatika va til tarixi fanidan “Syntax.Basic syntactic notions”mavzusida ochiq ma’ruza tashkil qilindi. Ma’ruza mashg'uloti uchun tayyorlangan ko'rgazmali materiallar dars mavzusiga doir bo'lib, interaktiv online o’quv ilovalari nearpod, jeopardy, quizzlar samarali holda olib borildi. Darsning maqsadi Syntaksis nazariyalari va uning asosiy tushunchalarini tahlil qilish, tushunish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etish, tilshunos olimlarning A.N.Chomskiy, H. Zilling, J. Ostin va Pocheptsovlarning mavzuga oid nazariyalari taqdim etildi. Darsda sintaksis muammolari bo‘yicha tanlangan parchani tahlil  qilish, lug‘at va muallifning maqsadini  tushunish va taqdim etilgan nazariy fikrlar yuzasidan xulosalar ifodalangan Mind Map yaratish strategiyalari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Dars ishlanmasi talabaga yo'naltirilgan bo‘lib, yangi materiallar talabalarning o‘zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan. Ular tarqatma materiallarda ham o‘z aksini topgan.
        Ochiq ma’ruza oxirida kuzatuvchilar: Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. M.M.Raxmatova, f.f.f.d. N.Dj. Djumayeva , kafedra katta o'qituvchisi  M.T. Elmanova, M.O'. Ubaydullayeva va S.O'.Barotova tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.