BuxDu Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida navbatdagi sayyor dars tashkil qilindi.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Zero, bu haqida davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi (PhD) o'qituvchisi S.N.Ostonova filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi II-bosqich 11-14ing-23 guruh talabalari bilan “O'g'zaki nutq amaliyoti ” fani bo’yicha bugungi amaliy mashg’ulotni (17.02.2025) sayyor dars sifatida o’tkazishdi. Sayyor dars mavzusi “Listerning strategy for signpost. Improving vocabulary and work on the specific signpost words, how to paraphrase them”. Mavzuni mukkamalash uchun, Universitetimiz yaqinida joylashgan shinam Book-hara kafesi tanlandi. Bu joy Ingliz tilidagi maxsus kitoblar bilan to'ldirilgan bo'lib, mashg`ulot davomida talabalar bilan bugungi mavzu ustida ishlab ancha yangi so'zlar o'rganilib analiz qilindi.