December 7, 2024

 Buxoro davlat Universitetida ilk marotaba "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" g`oyasi ostida "Climate change is the most urgent issue of our time" mavzusida ilk simulyatsion Parlament debati o`tqazildi.

Yoshlarni milliy yuksalish sari tarbiyalash uchun ularning tanqidiy fikrlashi, analitik qobiliyatlarini shakllantirish eng muhim omillardandir. Bunday tarbiya va ilm o‘rgatish zamonaviy texnologiyalardan bo‘lmish munozarali mavzularda suhbat, muhokama va debatlarni qamrab oladi.
Xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi ilk marotaba Buxoro davlat Universitetida "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" g'oyasi ostida
"Climate change is the most urgent issue of our time" mavzusida ilk simulyatsion Parlament debatini o'tqazdi.
Debat kafedra dotsenti Rahmatova Mehriniso Musinovna va 3 kurs filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalari ishtirokida 4 dekabr 2024, 406 xonada bo'lib o'tdi.
Talabalar fakultet dekani tomonidan tashkillashtirilgan sertifikatlar bilan taqdirlandi.